Xalq bilan muloqot – muammolarning samarali yechimi
Xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi A.Umirov tomonidan “Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi" loyihasi asosida tumandagi “Charag‘il” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlari o‘rganildi.
Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar istiqomat qiluvchi 2 qavatli binoning tashqi fasad qismi ta’mirlab berildi.
Bundan tashqari binoga kirib kelishdagi yo‘llar tekislanib, aholining muammolariga yechim topildi.