O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nukus tuman kengashi va Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan "Uyma-uy" loyihasi o‘tkazildi.
Loyihasi doirasida Nukus tuman Kengashi mas’ul xodimlari, "Qutanko‘l" mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada yashovchi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ish bilan ta’minlanmagan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olindi. Fuqarolarning mavjud muammolarni o‘rganib hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir davomida "Mehr harakati"doirasida "Qutanko‘l" fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi ijtimoiy yordamga muhtoj P.To‘retayeva va Q.Qutlimuratovaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shumanay tuman kengashi va Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashidagi partiya guruhi tashabbusi bilan "Madeniyat" mahalla fuqarolar yig‘inida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik vaqtida kasalligi aniqlanganlarga tavsiyalar berildi, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.