Deputat ta’lim muassasalarini o‘rgandi (video)

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida o‘tgan 2022-yil investitsiya dasturi asosida qurilgan ta’lim muassasalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherbek Buranov tomonidan o‘rganildi.

Tadbirkor mahallasidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha qurilgan ikki qavatli o‘quv binosi, Saroy mahallasidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qayta ta’mirlangan binosi, yangidan qurilgan sport zali hamda o‘quv binosi holati o‘rganildi va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, deputat Chorgusha mahallasida to‘liq yangidan qurilgan 2-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘ldi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish