Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman kengashi va Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashidagi partiya guruhi va Ellikqal’a tumani Tibbiyot muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda Ellikqal’a tumanidagi "Saribiy" ovul fuqarolar yig‘inida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijasida kasalligi aniqlanganlarga tavsiyalar berildi, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar - Gulshira Ayimbetova, Muhabbat Yuldashova va Maryam Kazakovaga bepul davolanishlari uchun yo‘llanma berildi.