Vodilning qo‘g‘irchoqlari Hindistonda

 

O‘zbekiston XDP faoli, hunarmand ayol Sadoqat Mirzayeva Hindistonda ziyoratda bo‘ldi. O‘zbek qizi yaratgan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sehrli qo‘g‘irchoqlar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

Hindiston noyob hunarmandchilik sanoati bilan mashhur. Sayyohlar Hindistonning shovqinli va gavjum bozorlarida o‘zlarini yo‘qotish tabiiy hol. Dehli, Bangalor, Lakxnau, Jaypur, Kashmir va shunga o‘xshash boshqa shaharlar bozorlari hunarmandchilik mahsulotlari bilan to‘la.

— Ularda o‘z san’atlarini namoyish qilish uchun hashamatli ko‘rgazma zallari bo‘lmasligi mumkin, ammo ishontirib aytamanki, siz savdo markazlaridagi brendlar taklif qiladigan narsalardan yaxshiroq narsalarni topasiz. Hindistonda samimiylik bor, mehr-oqibat bor, ko‘zlarda o‘zgacha ma’no bor. Shuning uchun ham Hindiston doimo meni o‘ziga chorlab turadi. Bu yerda juda ko‘p do‘stlar orttirdim, — deydi Sadoqat Mirzayeva.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish