Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madarqulov hamda tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi boshlig‘i, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Mustafoqulovlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda 82 nafar ayollar va bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatligi tekshirildi. Shifokor-mutaxassislar tomonidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.