Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori Rahmatillayeva Muqaddas Mamayunusovna va O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi yoshlar va xotin-qizlar sektori mudiri Yo. Abdusattorova tomonidan “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik hamda tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
Tadbir davomida bosh shifokor Rahmatillayeva Muqaddas Mamayunusovna, oilaviy shifokor Rashidov Abduroziq Mamadillayev va Lor shifokori Tohirova Munisa Saidnosirovnalar 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun bepul skrininglar olib borilayotganligi, aholi bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanayotganligi, ayollar va yosh qizlar ginekologlarning tibbiy ko‘riklarida o‘tkazib kelinayotganligi, bepul statsionarlar tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Hudud aholisi bosh shifokor M. Rahmatullayevaning ish faoliyatidan mamnun va o‘z ishining fidoyi shifokori ekanligini, xalqimiz salomatligi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir davomida 30 dan ortiq onalar va bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.