Murojaat ijobiy hal bo‘ldi
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi “Shixbog‘i” mahallasida istiqomat qiluvchi Ahmedova O‘g‘iljon Matyaqubovna 2-guruh nogironi. Kasalligi tufayli nogironlik aravachasiga muhtoj. Bugun uning quvonchi cheksiz. "Mehr ulashaylik" loyihasi doirasida O‘zXDP Yangiariq tuman Kengashi va Yangiariq tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda O‘g‘iljon ayaga zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi yetkazildi.
O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi raisi X. Ollaberganov va Yangiariq tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i O. Gaipovlar O‘. Ahmedovaning xonadonida bo‘lib, unga muruvvat yordamini ko‘rsatishdi.