Zulfiya ijodi bamisoli turli tuman mevali daraxtlardan tarkib topgan ulkan bog‘ga o‘xshaydi. Hozirgi kunda o‘zbek adabiyotining ixlosmandlari bu bog‘ hosilidan bahramand bo‘lmoqda.
O‘zXDP Yakkabog‘ tuman Kengashidagi 2-Xonimqo‘rg‘on saylov okrugi deputati Z. Shukurova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkabog‘ tuman bo‘linmasi tomonidan tumandagi 5-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan "Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya ijodi va hayot yo‘li haqidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan o‘qilgan she’rlar, ijro etilgan milliy raqslar, sahnaviy ko‘rinishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.