Fuqarolar qabulida murojaatlar ijobiy hal etildi

 

Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sanobarxon Nosirova hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy masalalar doimiy komissiyasi raisi Matlubaxon To‘ychiyevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyul kungi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi nogironligi bor fuqarolar hamda ko‘zi ojiz fuqarolarni tuman hokimligida qabuli tashkil etildi.

Qabulga kelgan har bir imkoniyati cheklangan fuqaro va ularning oila a’zolarining muammolari mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan o‘z joyida ijrosi ta’minlandi. Masalan, "Mehnatobod" MFY da istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqaro Matqulov Bunyodbekning murojaatiga ko‘ra, motorli arra, ayoliga tikuv mashinasi, uning farzandi uchun velosiped, hamda chuqurlashtirilgan №48-DIMI da o‘qishini davom ettirishi uchun maktab formalari berildi. Ana shunday e’tibor qabulga kelgan nogironligi bor har bir fuqaroga ko‘rsatildi.

Shuningdek, gapirish imkoniyati cheklangan bir guruh yosh yigitlarga futbol o‘yini uchun sport anjomlari sovg‘a sifatida berildi va mashg‘ulot uchun zamonaviy sport maydoni ajratilib berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish