Deputatlar Davlat dasturi ijrosini nazorat qiladi

 

Bugun O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining majlislar zalida “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustuvorliklar ijrosi yuzasidan partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining oldida turgan vazifalari” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn video konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari va partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, partiyaning viloyat, tuman va shahar Kengashlari raislari, partiyaning mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yordamchilari ishtirok etgan yig‘ilishni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova ochib berdi. M. Vorisova o‘z so‘zida kun tartibidagi asosiy masala - qabul qilingan Davlat dasturini avvalo chuqur o‘rganib chiqish, uning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, har bir tuman, shahar va mahalla kesimida belgilangan amaliy chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida muntazam ravishda mas’ul shaxslarning hisobotini eshitib borish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar har bir hudud kesimida tushuntirib berildi. Davlat dasturida partiya elektorati hisoblangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan to‘liq ma’lumot berildi.

Markaziy Kengash boshqarma boshlig‘i B. Yusupov ma’ruza qilib, nogironlikni belgilashda fuqarolarga qo‘shimcha yengilliklar yaratilgani, fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilgani, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etilishi belgilangani va boshqa ustuvor vazifalarning ahamiyati haqida tushuntirib berdi. Partiyaning viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlariga bir qator ijtimoiy masalar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari tinglanib, takliflari olindi.

Yig‘ilish so‘nggida Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining o‘z vakolat doirasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan bir qator muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, pensionerlar va nogironlarda yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni aniq yechimiga qaratilgan aniq takliflar berish. Davlat dasturida beligilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini amaliyotga kiritilishida hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga borib ahvolni o‘rganib borish; Davlat dasturida belgilangan aholiga birlamchi тиббий xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2023 yilda 30 ta оилавий poliklinika, 110 ta оилавий shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etilishi ustidan tizimli monitoring olib borish; Suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatib borish; Har bir deputat o‘zining okrugidagi budjet hisobidan bo‘layotgan qurilishlar, yo‘llarni, har oyda borib ko‘rishi, buyurtmachi va pudratchidan sifatini talab qilishi. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat olib borishi; 2023 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasidagi ishlarning holati yuzasidan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida partiya guruhlari tashabbusi bilan vazirlikning tegishli boshqarma rahbarlari axborotini eshitish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Har chorakda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida Davlat dasturida belgilangan ustuvorliklar ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlarini axborotlarini eshitib borish tizimini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish