“O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining partiya saylovoldi dasturiga taalluqli bandlari ijrosini ta'minlashda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari ish samaradorligini oshirish, partiyaning saylovoldi dasturi ijrosini ta'minlashda barcha darajadagi deputatlik korpusi salohiyatidan foydalanish maqsadida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichi “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida o‘tkazildi.
Hakamlar hay'atining baholash natijalariga ko‘ra, 9-Sho‘robod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Zamira Jabborova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Qatnashchilarning barchasi faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.