Qoraqalpog‘istonda “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

“Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida o‘tayotgan ko‘rik-tanlovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R. Saparbayev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichini baholab borish uchun 5 nafar hakamlar hay’ati a’zolari va 3 kishidan iborat sanoq komissiyasi tashkil etildi. Qatnashchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashib, o‘z bilimlar va tajribalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Hakamlar hay’atining baholash natijasi bo‘yicha 11-sonli “Ajiniyaz” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi deputati Qabilbek Jaliyev birinchi o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish