O‘zbekiston XDP tomonidan navbatdagi tadbir partiyaning Bag‘dod tumani kengashi tashabbusi bilan eng chekka hududda joylashgan Dasht MFYda o‘tkazildi.
"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasining tibbiy-ijtimoiy brigadasi mutaxassislari ushbu mahallada tibbiy ko‘rik o‘tkazdi. Bu jarayonda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalar vakillari hamda "Ayollar daftari" da turgan xotin-qizlarga qaratildi.
Tibbiy ko‘rik davomida 110 dan ortiq xotin-qizlar shifokorlar nazoratidan o‘tdi. Ikki nafar bemorlarga imtiyozli davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
25 nafar ehtiyojmand xotin qizlarga "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasining 14 turdagi dori-darmonlari bepul tarqatildi.