Fuqarolarning muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Mirobod tuman kengashi tomonidan "Inoqobod" mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan aholi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, holidan xabar olish maqsadida “Uyma-uy” loyihasi o‘tkazildi.
Uning doirasida Mirobod tuman Kengashi raisi I. Nurmuhamedov, "Inoqobod" MFY raisi Nursuluv Sodiqova hamda mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolarning muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va o‘z ishini boshlashiga ko‘maklashish maqsadida “Ayollar bandligi — oilalar farovonligi” loyihasi tashkil etildi. Muloqot davomida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.