Partiya faxriylari va elektorat vakillari holidan xabar olindi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi va Chirchiq shahar kengashi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksa otaxonu-onaxonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Uyma-uy" loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida O‘zXDP Toshkent viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari A. Sodiqov, Chirchiq shahar Kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva, Chirchiq shahar 25-okrug deputati A. Maxsumovlar "Ma’rifat" mahallasida istiqomat qilayotgan Nabira aya Yusupova va mehnat faxriysi Almat ota Ermatovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, holidan xabar olishdi va ular bilan samimiy suhbatlashildi.

Partiya faxriylarining ham uylarida bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari, partiyamiz sovg‘alari berildi. Bunday tadbirlar Toshkent viloyatining barcha tumanlarida o‘tkazildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish