Xalq bilan muloqot muammolarning samarali yechimi

 

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman Kengashidagi 12-Mevazor saylov okrugi deputati Sh. Yusupov ishtirokida “Mevazor” MFYda aholi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda aholi tomonidan kam ta’minlangan oila vakillariga moddiy yordam ajratish, ichimlik suvi, yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlarni zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Loyiha doirasida hamkorlar bilan birgalikda "Mevazor" MFYda yaroqsiz holga kelib qolgan eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi. Fuqarolarning boshqa murojaatlarini barataf etish yuzasidan deputat tomonidan yuqori tashkilot rahbarlariga takliflar bilan chiqildi va nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish