Xalq Konstitutsiyasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A. Temirov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatini mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlariga yetkazish maqsadida Kosonsoy tuman hokimligida amaliy seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilayotgan yangiliklar, kafolatlar haqida atroflicha tushuntirib berildi.

Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. Seminar qizg‘in munozaralar, savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish