Yurtimiz taqdiriga befarq bo‘lmaylik

 

Shu kunlarda mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea, joriy yilning 30 aprelida o‘tkazilishi belgilangan referendumga targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda mamlakatimizning har bir hududida faxriylar, yoshlar, ijtimoiy soha vakillari, umuman, yurtimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz ishtirokida davra suhbatlari, turli yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.

Shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi Media markazida bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda partiya Markaziy Kengashi va Toshkent shahar kengashi qoshidagi “Faxriylar Kengashi” a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etishdi. Partiya faxriylari konstitutsiyaviy islohotlar targ‘ibot ishlarining samaradorligini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi, ularning bu jarayondagi asosiy vazifalari tushuntirildi.

Muloqot davomida yangilanayotgan Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb belgilanayotganligi, xalqchil davlat sifatida o‘z fuqarolarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, Bosh qomusimizda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinayotganligi qayd etildi.

Tadbirda so‘z olgan faxriylar Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, referendumda fuqarolarning ishtiroki bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishda faol bo‘lishga kelishib olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish