O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan Termiz shahrida “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” shiori ostida “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Adolat Xolto‘rayeva ochib berib, ishtirokchi deputatlarni tabrikladi. Shundan so‘ng tanlov qatnashchilari 3 ta shart ya’ni, aholi muammosini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik va erkin mavzuda o‘z bilim va tajribalarini namoyish qildilar.
Ishtirokchilarni baholab borish uchun 5 nafardan iborat hakamlar hay’ati va 3 kishilik sanoq komissiyasi tashkil etildi.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Denov tumanidagi 47-Totuvlik saylov okrugidan saylangan viloyat kengashi deputati Shaxlo Qodirova bir ovozdan birinchi o‘rin sovrindori bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.