O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Media markazi majlislar zalida partiyaning saylovoldi dasturi ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlab borishga qaratilgan Amaliy Harakat Dasturining 2023 yilga mo‘ljallangan bandini bajarilishiga bag‘ishlangan onlayn-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining mas’ul xodimlari, mintaqaviy partiya kengashlari mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan saylovoldi dasturi ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlab borishga qaratilgan Amaliy Harakat Dasturi muhokama qilindi. Amaliy Harakat dasturinig 2023 yilga mo‘ljallangan qismida 884 masala Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan bo‘lib, o‘tgan 2 oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi tomonidan 152 ta, doimiy komissiyalarda 80 ta, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida esa 56 та qaror qabul qilingan.
Yig‘ilish yakunida, partiya tashkilotlari tomonidan mahalliy Kengash deputatlarining o‘z vakolatlarini samarali bajarishiga qaratilgan o‘quv seminarlarini tashkil qilib borish, partiya hududiy kengashlari va mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarning oyda bir marta qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazib borishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar eshitilib, fikr-mulohazalar tinglandi.
Bugungi kunda mahalliy Kengashlar roli oshib borayotganini inobatga olib, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan partiyamizdan saylangan deputatlarimizni, boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiyamiz tarafdorlarini joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.