Yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi

 

Surxondaryo viloyat Uzun tuman hokimligi majlislar zalida Qonunchilik palatasi deputati M. Hasanova tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining loyihasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori, tuman Kengashi deputati hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida ta’kidlandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish