Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi plenumi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashining VI plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, partiya viloyat Kengashi a’zolari, hududiy partiya tashkiloti rahbarlari ishtirok etdi.

Plenumda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi ijrosi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Buxoro viloyat tashkiloti va deputatlik birlashmasining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha vazifalar to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi. Majlisni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Zulfiya Tuyyeva olib bordi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

O‘zbekiston XDP dasturiy maqsad va vazifalari zamirida yotgan ijtimoiy ideal – mamlakatda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy demokratiya mezonlariga javob beradigan ijtimoiy demokratik davlatni shakllantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari hamda uni 2023 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining vazifalariga to‘la mos keladi.

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama qilinib, joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya partiyamiz va elektoratimiz uchun prinsipial ahamiyatga ega. Unda “ijtimoiy davlat” tamoyili eng asosiy o‘rinni egallagan. Bu g‘oya Konstitutsiyaning 1-moddasida bevosita belgilanib, keyingi moddalarda rivojlantirilmoqda. Shu boisdan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini faol o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi yana bir bor muhokama qilib olindi.

Plenumda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashining 2022 yilgi budjeti ijrosi va 2023 yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi, shuningdek, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda mahalliy kengashlar faoliyatiga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Plenumda ko‘rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish