Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari ko‘paymoqda

 

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. Jumladan O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan ham aholi bilan ko‘plab uchrashuvlar, muloqotlar tashkil etilmoqda.

Olmaliq shahar hokimligi katta majlislar zalida ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. MFY raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimovning ma’ruzasi tinglandi.

Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan deputat J.Sadirov ishtirokida tumandagi partiya faollari, BPT raislari shuningdek, mahalla faollari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida deputat yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar, yangiliklar va uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar bermoqda.

Yangiyo‘l tumanida Viloyat deputati B.B. Xolmirzayev tumandagi fuqarolar bilan joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladigan Referendum bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi. Muloqotda Konstitutsiyada ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari bilan bog‘liq normalar qariyb 3 barobar ko‘payayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish