Yangilanayotgan Konstitutsiyaning ahamiyati tushuntirilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan poytaxtimizdagi ko‘plab tashkilotlar, jamoat birlashmalari, korxona va o‘quv-yurtlarida Yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shayxontohur tuman Kengashi raisi Tashniyaz Ahmedov 2-Respublika Tibbiyot kollejida pedagog-xodimlar, o‘quvchi yoshlar bilan "Birdamlik va ahillik bilan kelajagimizni quramiz" shiori ostida katta targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. T. Ahmedov Konstitutsiyaning yangilanish zaruriyati, uning xalqchilligi, asosiy yangiliklari, shuningdek, yangi Konstitutsiyada davlat o‘z zimmasiga olgan ustuvor kafolatlar, majburiyatlar yuzasidan tushunchalar berdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ishtirokida "Bo‘lajak Referendumga mas’uliyat bilan yondashamiz" mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda barcha mahalla raislari, Nuroniylar Kengashi faollari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda M. Ilhomov Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning ahamiyati haqida tushuntirib berdi.

Chilonzor tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi va hokimlik mutasaddilari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati va keng jamoatchilik uchun ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Xususan, amaldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida bosh qonunimizning moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalarning hajmi 65 foizga oshganligi qayd etildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish