Ayni damda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumiga oid targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Sirdaryo viloyatining "Yagona buyurtmachi xizmati" injinering kompaniyasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, viloyat deputati Mamadetsoyev Sherali Turdimurodovich ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.
O‘zXDP Boyovut tuman Kengashi tomonidan tumandagi "Iftixor" mahallasida yoshlar va 19-maktab jamoasi bilan "Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam'' shiori ostida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman Referendum o‘tkazish guruhi rais o‘rinbosari, O‘zXDP Boyovut tumani Kengashi raisi A. Ibodullayev, viloyat kengashi deputati M. Xasanova ma’ruza qildi va o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
XDP Oqoltin tumani Kengashi tomonidan "Farovon hayot uchun ijtimoiy Davlat kerak" shiori asosida "Ko‘rkam diyor" mahallasida davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilishda XDP Oqoltin tuman Kengashi raisi, deputat O. Asrarova Konstitutsiyaviy qonun loyihasining oddiy aholi vakillari uchun ahamiyatini tushuntirib berdi.