Aholiga sifatli tibbiy xizmat kafolatlanadi

 

Shahrisabz hokimligi majlislar zalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova ishtirokida Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

"Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyotidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam hisoblanadi", — dedi D. Imomova.

Qarshi shahridagi Nuroniylar maskanida Qarshi shahar “Nuroniylar” Kengashi va partiyadan xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati Normurod Xamzayev tashabbusi bilan viloyat va Qarshi shahar kengashlari hamkorligida faxriylar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirokida “Xalq Konstitutsiyasi, xalq tanlovi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasi mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga tushuncha berdi. Yig‘ilishda jamiyat va davlatning barcha sohalarini tubdan isloh qilish birinchi navbatda mustahkam huquqiy poydevorni, xalqimiz bilan bamaslahat holda yangilanayotgan Konstitutsiyani taqozo etishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida “Aholiga sifatli tibbiy xizmat kafolatlanadi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman partiya kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi rahbari Z.Norova so‘zga chiqib, Yangilanayotgan Konstitutsiyada har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqliligi, davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar barchani umumxalq referendumida faol ishtirok etishga, insonning qadr-qimmatini oshirishga, huquqlar va imkoniyatlar tengligini kafolatlashga xizmat qiladigan xalqchil Konstitutsiyamiz loyihasini, tinchlik va taraqqiyot bardavomligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish