Referendum nima?

Referendum - fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrlarini bevosita bildirishlaridir.

Referendum umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi.

Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum o‘tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar yoki ichki siyosatga oid biron bir savol qo‘yiladi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish