Konstitutsiyadagi yangi normalar tushuntirildi

 

Farg‘ona tumani Ichki Ishlar bo‘limida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi belgilanayotganligi, ya’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog‘liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shartligi, ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilganligi ta’kidlab o‘tildi. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan “Xabeas korpus” institutining qo‘llanish ko‘lami yanada kengayishi tushuntirildi.

Ilk bor shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilish asoslari aytilishi zarurligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik (xalqaro e’tirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi berilayotganligi haqida fikr-mulohazalar almashildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish