Referendum targ‘ibotida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda

 

Namangan shahar oila va xotin-qizlar bo‘limidan "Ayoli e’zozlangan yurt" shiori ostida “Guzar” mahalla fuqarolari yig‘inida targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

Unda Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinara Yakubova, Namangan shahar hokimi o‘rinbosari Dilorom Abdurahimova hamda O‘zbekiston XDP viloyat va shahar Kengashlari mas’ullari, shuningdek faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Seminar dasturiga ko‘ra, tadbir avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, “Do‘stlik”ordeni sohibalari Dilbar Haydarova va Dilorom Ergashevalar ijodlaridan she’rlar o‘qib eshittirildi. Yosh kelinlarning pazandalik mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi 17-Oilaviy poliklinikasi hovlisida tashkil etilgan “Onalar va bolalar bog‘i”ga turli xil gul hamda Pavloniya ko‘chatlari ekildi.

Targ‘ibot tadbirida bugungi siyosiy jarayonlarga e’tibor qaratilib, so‘z olganlar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamizda xotin-qizlar huquqlari kafolatlari, konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda xotin-qizlarni joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish