O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi yoshlar sektori rahbari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Muxsiddin Nizomiddinov tashabbusi bilan “Qonunchilik yoshlar nigohida” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Loyiha mehmoni Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi, Konstitutsiyaviy komissiya ekspertlar guruhi a’zosi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti kotibi Aslonova Laylo Olimovna faol talaba yoshlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida yoshlarga yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Muloqot jarayonini bevosita zoom orqali viloyatlardagi faol yoshlar ham kuzatib borishdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani deputati Muxsiddin Nizomiddinov ishtirokida tumandagi 57-maktabda “Yangilanayotgan Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari” shiori ostida targ‘ibot- tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi.
Muloqot so‘nggida 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chaqirildi.