Yangi Konstitusiya taraqqiyot kafolati!

 

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati, O‘zbekiston XDP Boysun tuman kengashi hamda deputatlik guruhi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Boysun tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 47-sonli IDUM xodimlari ishtirokida yangilanayotgan va o‘zgartirishlar kiritilayotgan konstitusiyamiz, umumxalq referendumi yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari Shuhrat Norqobilov, Muzaffar Ramazonov, Laziz Musaevlar tashabbusi bilan tumandagi "Darband" mahallasi fuqarolari uchun 6-umumta'lim maktabi hovlisida “Yangilanayotgan Konstitusiya chinakam xalq Konstitusiyasi bo‘ladi” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla fuqarolari, nuroniy otaxonlar, maktab o‘qituvchilari va xodimlari, mahalla faollari ishtirok etishdi. Deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha tushunchalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish