Chortoq tumanidagi “Zamira” tekstil tikuvchilik korxonasida yangi tahrirdagi Konstitusiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shoxista Turg‘unova, O‘zbekiston XDP Namangan viloyat partiya Kengashi raisi Ilhomjon Atabaуev va mas'ullar hamda Chortoq tuman veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi raisi Xamidxon G‘aynazarov, partiya faoli Zulfiyaxon Fozilovalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shoxista Turg‘unova yangilanayotgan Konstitusiyaviy qonun loyihasida partiyamizning siyosiy platformasiga hamohang me'yor va qoidalar aks etayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Shu kuni Chortoq tumanidagi 17-sonli MTTda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining mudiralari va mas'ullari ishtirokida ham konstitusiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Navbatdagi targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati asosan ta'lim va ilm-fanga oid normalar, xususan, o‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomi haqida, shuningdek, har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi, aholi salomatligini asrash, majburiy mehnat, yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, inson huquq va erkinliklariga, davlat boshqaruvi tizimini modernizasiya qilishga oid normalar to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi va yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizning qabul qilinishi xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonun bo‘lishini ta'kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Deputatning hududdagi muloqot tadbirlari davom etmoqda.