O‘zbekiston kelajagini yangi Konstitutsiya bilan bunyod etamiz!

 

Xorazm viloyat Gurlan tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston kelajagini yangi Konstitutsiya bilan bunyod etamiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda maktab jamoasi, «Olchin» mahalla fuqarolari, xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputati, maktab direktori S.Xaniyazov, Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputati Sh.Masharifovlar qatnashdilar.

So‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanayotgani, unda Oila va yoshlarga oid normalar yanada xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ravishda belgilab qo‘yilayotganligi haqida atroflicha tushuncha berdilar. Tadbirda fuqarolarni 30 aprelda bo‘ladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman kengashi tomonidan tumandagi 15-son maktabda "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Hazorasp tuman kengashi raisi M.Vaisov, tuman kengashi referenti R.Sultonova va 15-son maktab direktori K.Ibragimovlar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yangi normalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarning jamiyatimiz, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib, joylarda kelgusida o‘tkazilajak referendum haqida huquqiy ma’lumotlar berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish