“Mening Konstitutsiyam” shiori ostida talabalar bilan uchrashuv

 

Toshkent shahridagi Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan “Mening Konstitutsiyam” shiori ostida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya Markaziy Kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Markaziy Kengash mas’ullari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, tibbiyot akademiyasining o‘qituvchi murabbiylari, talabalar, turli soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yangilanayotgan Konstitutsiya inson haqidagi eng oliy hujjat ekani, unda insonning baxtli bo‘lishi uchun eng muhim qoidalar belgilab qo‘yilayotgani haqida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Maqsuda Vorisova ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasi Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusini ilk kunlardanoq qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, butun respublikadagi partiya elektorati vakillari, deputatlar va faollardan olingan takliflarning aksariyati mazmunan yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘z ifodasini topayotgani, bu katta ijtimoiy-siyosiy yutuq ekanini qayd etdi.

Eng asosiysi, Yangilanayotgan Konstitutsiyaning birinchi moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat qat’iy belgilanib, keyingi moddalarda bu qoida rivojlantirilmoqda. Xususan, Konstitutsiyaning 48-moddasida har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekani, 50-moddasida har kim ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan.

Muloqotda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar ham so‘zga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi me’yor va qoidalar yurtimizning turli go‘shalarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar jarayonlarida xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish