O‘qituvchilar sha'ni tiklanadi

 

Fargona tumanidagi 33- va 18-sonli umumta'lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Mamajonova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Konstitusiyaviy Qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, fuqarolarning ta'lim olishi bilan bog‘liq masalalar mustahkamlab qo‘yilayotganligi, ayniqsa, navqiron avlodning bilim olishiga mas'ul o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha Davlatning majburiyatlari kuchaytirilayotgani to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi.

Shuningdek, Oliy ta'lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi ham kafolatlanayotganligi, ijtimoiy va huquqiy davlat tushunchalari va shunga asosan kiritilayotgan moddalar haqida tushuntirishlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish