O‘zbekiston XDP Beruniy tuman kengashi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tuman yoshlari bilan uchrashdi.
Muloqotda Jo‘qorg‘i Kenges deputati Imamova Sayyora Yakubbayevna, Yoshlar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i G‘ayratdin Seytekov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Beruniy tuman bo‘limi rahbari Razzoqova Pardagul Qo‘ziyevnalar so‘zga chiqib, Bosh Qomusga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning oddiy insonlar, yoshlar hayotida tutgan o‘rni, yoshlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq normalar haqida batafsil tushuntirib berishdi.
Tadbir so‘nggida o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaslikka, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.