Ta’lim olish imkoniyatlari kengayadi

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Qarshi shahar kengashlari tomonidan Qarshi shahridagi 48-o‘rta ta’lim maktabida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum jarayonlari oldidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

So‘zga chiqqan Qarshi shahar partiya Kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari R. Murtazayev hamda viloyat partiya kengashi sektor mudiri Sh. Xudoyqulovalar mamlakatimizda ta’limga qaratilayotgan e’tibor, bu borada Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilayotgani hamda ta’lim sohasi alohida moddalar bilan boyitilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki tarzda o‘tkazilib, o‘quvchilarning badiiy chiqishlari ham namoyish etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish