Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi doirasida Toshkent viloyatidagi perinatal markazi BPT raisi N. To‘xtayeva hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi, konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangilanayotgan Konstitutsiya hayotiy zarurat va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamligi, ushbu yangilanishlardan kutilayotgan asosiy maqsad har bir sohada inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ularning faoliyat olib borishi bilan bog‘liq yangiliklar, huquqiy normalar xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuvda ishtirokchilar ham faol qatnashib, savol-javob tarzida ochiq muloqot qilindi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish