Referendum bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda

Referendumga ham mana oz fursat qolayotgan bir pallada odamlarda jarayonga qiziqish yuqori. Tayyorgarlik ishlari esa qizg‘in pallaga kirgan.

Xalq demokratik partiyasi ham mamlakatimiz siyosiy hayotidagi bunday muhim tadbirning qonunga, tartib-qoidalarga muvofiq o‘tishini istab, kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda. 

Toshkent shahri

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasida aytib o‘tilganidek, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar.

Qashqadaryo viloyati

 

Ushbu qonunda siyosiy partiyalarning ham ishtiroki belgilanganini inobatga olgan Xalq demokratik partiyasi respublikamizning barcha hududlarida kuzatuvchilarni o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazmoqda. Bunday o‘quvlar hozirga qadar Buxoro, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Buxoro viloyati

 

Referendum kuni har bir uchastkada partiya kuzatuvchisi bo‘ladi. Ularni qonunchilik normalari bo‘yicha o‘qitish esa referendumning tartib-taomil bo‘yicha o‘tishiga zamin yaratadi.

Referendum to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida Kuzatuvchilarning huquqlari sanab o‘tilgan. Bularni bilmagan kuzatuvchi esa jarayonni buzib qo‘yishi mumkin.

Xorazm viloyati

 

Seminar tadbirlarida kuzatuvchilarga huquqlari atroflicha tushuntirilmoqda. Unda mandatlar tarqatilib, partiya bayrog‘i va ramziy belgilari berilmoqda. Amaliy seminarlar butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish