Kuzatuvchilar uchun o‘quvlar qizg‘in o‘tmoqda

 

Bir necha kundan keyin davlatimiz fuqarolari xalqning irodasini ifoda etadigan, eng asosiy huquqini namoyon qiladigan juda katta jarayon, referendumda ishtirok etamiz.

Xalq demokratik partiyasi referendumning qonunda belgilangan tartibda o‘tishida o‘z ma’suliyatini his qilgan holda respublikamizning barcha hududlarida referendumda qatnashadigan kuzatuvchilar uchun maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi tomonidan tuman va shahar partiya kengashlari raislari, Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazish jadvaliga muvofiq, O‘zbekiston XDP tuman va shahar partiya kengashlari mas’ullari tomonidan partiya kuzatuvchilari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

O‘quv-seminar tadbirlari tuman-shaharlar miqyosida ham o‘tkazilib, kuzatuvchilarga eslatma, mandatlar va zaruriy ashyolar to‘liq tarqatib berildi.

 

O‘zbekiston XDP Axborot xizmati

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish