Mamlakatimizda bir necha yillardan buyon 9 may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida yashovchi, 99 yoshli Orifjon Mo‘minov holidan xabar olindi.
O‘zbekiston XDP viloyat Kengashi xodimlari, tuman hokimligi vakillari hamda ichki ishlar zobitlari bilan birgalikda faxriyning xonadoniga tashrif buyurildi. O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Shohruxbek Mamajonov XDP ning ko‘p ming sonli a’zolari nomidan Orifjon otani tabriklab, partiyamizning esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shundan so‘ng, urush qatnashchisi boshidan o‘tkazgan urush davridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.