Konstitutsiyada yoshlar huquqlari

 

“Qonunchilik yoshlar nigohida” loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Xiva shahar kengashi tomonidan shahardagi 2-son umumta’lim maktabida “Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Xiva shahar kengashi raisi Z.Iskandarova, maktab direktori, deputat N. Karimbayeva, deputat L. Atajanovalar so‘zga chiqib, mustaqil O‘zbekistonimizda yoshlarning o‘qishi, sport bilan shug‘ullanishi, mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani, bu iqtidorli, qobiliyatli, iste’dodli, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq yoshlarimizni yanada izlanishga, intilishga, yaratuvchanlikka undashi lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun ustuvorligi ta’minlangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi har birimizning hayotimizda aks etmoqda.

 

Mazkur islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatlarini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan qimmatlidir.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish