Yurtimizda yoshlar muammolarini hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, bilim olishi, ish bilan ta'minlanishi kabi masalalar doimiy diqqat markazida. Deputatlar muammolarni o‘rganish barobarida samaraga erishish maqsadida yoshlar bilan ham uchrashmoqda.
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Ra'no To‘raboeva kasb-hunar maktabida “Yoshlar muammolari partiya e'tiborida” mavzusida bitiruvchi yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat davomida so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Ra'no To‘raboeva yoshlarga mamlakatimizda yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularning o‘qishi, ta'lim-tarbiya olishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda imtiyozlar haqida batafsil so‘z yuritdi.
Muloqot savol-javobga boy tarzda mazmunli o‘tdi.