Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibdagi birinchi ta’sis yig‘ilishida o‘z faoliyatini boshlayotgan yosh siyosatchilar tanishtirib o‘tildi.

 

O‘ktamov Shoxruxbek Ulug‘bek o‘g‘li — Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik masalalari qo‘mitasi raisi,

 

Shovkiyeva Shoxida Bobosher qizi — Yoshlar bandligi va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi,

 

Alixanov Shoxrux Mirzo Bobirovich — Yoshlar turizmi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari,

 

Xojimatov Azizxon Akmaljon — Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari qo‘mitasi raisi,

 

Jahongir Kabirjonov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari, fraksiya rahbari lavozimlariga tayinlandi.

 

Yig‘ilishda so‘z olganlar Yoshlar parlamentining avvalgi chaqiriqdagi a’zolari faoliyatini ijobiy baholashdi. Jumladan, ular tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishida bo‘lgan qonun loyihalari yuzasidan jami 97 ta taklif tayyorlanganini, shundan 34 tasi esa qonun loyihalarini takomillashtirish jarayonida inobatga olinganini alohida qayd etishdi.

Yig‘ilish so‘nggida Yoshlar parlamenti a’zolariga siyosiy va huquqiy sohada egallagan bilim hamda ko‘nikmalari, hayotiy pozitsiyalarini aniq belgilab, parlamentimizning kelajakdagi chinakam vorisiga aylanishiga ishonch bildirildi.

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish