Partiyamiz a’zosi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish litsenziyasini qo‘lga kiritdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining samarqandlik yosh a’zosi Urganchbek Egamnazarov Parijda bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘ldi.

U yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida startga chiqib, 6 metr 6 sm natija bilan 4-o‘rinni egalladi. U. Egamnazarov bu natija bilan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, U. Egamnazarov ushbu jahon chempionatida o‘z shaxsiy rekordini ham yangiladi.

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish