Arnasoyda deputatlar va jamoatchilar tomonidan qaror ijrosi o‘rganildi

 

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ishlashini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishi ustidan muntazam ravishda deputatlik va jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

Jumladan, O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi o‘rinbosari M.Boboyeva, bo‘lim boshlig‘i I.Hamidov, Arnasoy tuman kengashi raisi O.Mustafayev, Arnasoy tuman hokimi o‘rinbosari G.Haydarova va “Oltin vodiy” MFY hokim yordamchisi S.Boymuradovlar bilan birgalikda ushbu mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga olingan 10 nafar fuqaroning yashash sharoitlari va muammolari o‘rganilib, tegishli tavsiya va tushunchalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish