Oʻquv seminarlari davom etmoqda

 

 

Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Unda Viloyat, shahar-tuman partiya kengashi masʼullari hamda mahalliy kengash deputatlari ishtirok etdi.

Oʻquv avvalida Viloyat partiya kengashi rais oʻrinbosari Aʼzamjon Sadikov seminar ishtirokchilariga Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʻzgartishlarga toʻxtalib, birinchi moddasidayoq Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinganligi, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar uch barobarga ortganligi , nogironligi bor bolalarning oʻz tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi inklyuziv taʼlim sifatida Konstitutsiyaga kiritilganligi hamda bu yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi, fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishi, sud-huquq sohasidagi kiritilgan normalar boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berib oʻtdi.

Muhokama, savol-javob asnosida oʻtgan oʻquv-seminarida, mazkur oʻquv shahar-tuman kengashlarida ham alohida reja asosida oʻtkazilishi belgilandi hamda oʻquv yakunida mamlakatimizda boʻlib oʻtgan saylov jarayonlarida faol ishtirok etgan shahar-tuman kengashlari masʼullariga Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisining faxriy yorliqlari topshirildi.

 

O'zbekiston XDP Toshkent viloyat

kengashi matbuot xizmati

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish