Xotin-qizlar huquqiy savodxonligi oshirilmoqda

 

Xalq deputatlari Zomin tuman kengashi deputati M.Qoʻldoshev, oʻzi saylangan hududdagi fuqarolar, mahalla faollari hamda vakillari bilan uchrashib, u yerda olis qishloqlarda yashovchi ayollar va yoshlar bilan suhbat oʻtkazib, qishloqlarda yashovchi ayollarni turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha tushunchalar berildi. 

 

Shuningdek, ularga bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlardan samarali va unumli foydalanib, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha kasbga oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan kurslarda tahsil olib faoliyat boshlashlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

 

Mazkur tadbirda xotin-qizlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tashkil etilgan maxsus kurslarda oʻqish istagini bildirganlar roʻyxatlari shakllantirilib, kelgusida oʻqish uchun tashkil etilgan maxsus kurslarga tavsiya etildi.

 

Oʻzbekiston XDP Jizzax viloyat

kengashi matbuot xizmati

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish