Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasining yangi tizimi deputatlar tomonidan oʻrganildi

Xotin-qizlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambagʻallikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish oʻrinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va taʼlim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.

Soʻnggi yillarda islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlarida xotin-qizlarni, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash ustuvor ahamiyat kasb etgani xolda ushbu yoʻnalishda qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini taʼminlash yuzasidan barcha darajadagi partiya tashkilotlari va partiya deputatlik guruhlari oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan. Shu maqsadda,Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining joriy yilga moʻljallangan amaliy Harakat Dasturi asosida OʻzXDP Jizzax shahar kengashi partiya deputatlik guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 31 martadagi 145-sonli qarorining ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida oʻtgan davr mobaynida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, oʻzini-oʻzi band qilishlari, sogʻliklarini tiklash, huquqiy va psixologik yordamlar koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan mutlaqo yangicha, shaffof tizim "Ayollar daftari" tizimini joriy etish orqali xonadonma–xonadon yurib, xotin-qizlar bilan birma-bir muloqotlar oʻtkazish orqali ushbu daftarga jami 5268 nafar (1-sektor-1440 nafar, 2-sektor-1177 nafar, 3-sektor-1389 nafar, 4-sektor-1262 nafar) turli toifadagi muammolari mavjud xotin-qizlar kiritilib, "Yoʻl xaritasi" ishlab chiqilganligi aniqlandi.

Jami 802 nafar ishsiz xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida subsidiyalar ajratish, tomorqalaridan unumli foydalanishlarida koʻmaklashish, oilaviy tadbirkorliklarini yoʻlga qoʻyish orqali oʻzini-oʻzi band qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, belgilangan boʻlib, hozirgi kunga qadar 612 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlanganligi diqqatga sazovordir. Shuningdek, 605 nafar ayollarga oʻz tadbirkorliklarini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish maqsadida shu kunga qadar 174 nafariga 2214,4 mln.-29% kredit mablagʻlari ajratilganligini koʻrsatib oʻtish joiz.

Shu kabi, 2110 nafar boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi 113 nafar  uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash belgilangan boʻlib, 1854 nafariga  bir martalik moddiy yordam ajratilgani xolda, 9 nafariga yordam koʻrsatilganligi ahamiyat kasb etadi.

Xuddi shu yoʻnalishda 1040 nafar  ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi(43 nafar uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash, tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar koʻrsatish belgilangani xolda,shu kunga qadar 827 nafariga  1,2 mln. soʻmdan jami 804,4 mln soʻm bir martalik moddiy yordam ajratildi; 6 nafariga jami 15 mln soʻm koʻmak koʻrsatilganligini taʼkidlash lozim.

Ayni maqsadlarda 106 nafar (uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun 96 nafariga  ijara kompensatsiyasini toʻlash, 10 nafarini ijtimoiy uylarga joylashtirish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish lozimligi asosida shu kunga qadar 6 nafar  xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlanib, 53 nafariga esa shartnoma asosida 227,5mln soʻm ijara kompensatsiya toʻlab berilganligi eʼtiborga molikdir;

Bundan tashqari, 605 nafar  qarmogʻida nogiron farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun bir martalik moddiy yordam koʻrsatish asosida, shu kunga qadar 558 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratilganligini qayd etib oʻtish lozim;

Yuqoridagi qaror talablari asosida "Ayollar daftari" roʻyxatiga kiritilgan 14 nafar xotin qizlarga 82 mln. soʻmlik1 nafar xotin-qizlarning farzandlarining davolanishi uchun 3 mln. soʻm tibbiy yordam, bir nafar xotin-qizga oliy taʼlim muassasasining toʻlov kontrakt puli toʻlab berilganligi diqqatga sazovordir.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlarni qayd etib oʻtgan xolda xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu qaror ijrosini toʻlaqonli amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan mavjud kamchiliklarni koʻrsatib oʻtish lozim. Binobarin, 1-toifa, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan ishsiz xotin-qizlar bilan ishlash tahlili shuni koʻrsatdiki, Ittifoq mahallasida 53 nafardan 38 nafari, Nurliobod mahallasida 13/6, Obod mahallasida 51/35, Zargarlik mahallasida 113/64 nafarining bandligi taʼminlangan xolos. 2-toifa: imtiyozli kredit olish istagida boʻlgan xotin-qizlar bilan ishlashda Obod, Nurliobod, Oqqoʻrgʻonlik, Qassoblik, Ravalliq, Shodlik mahallalarida ishlar mahalla xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari va mahallalarga biriktirilgan bank (Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobank) xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar qaror talablari darajasida tashkil etilmaganligi natijasida Bobur mahallasida 12 nafardan 2 nafari, Bunyodkor mahallasida 13/3, Doʻstlik mahallasida 15/3, Qaliya mahallasida 51/8, Obod mahallasida 41/11, Sayxan mahallasida 17/5, X.Olimjon mahallasida 21/10, Zilol mahallasida 93/24, Olmazor mahallasida 40/7, Uchariq mahallasida 34/8, A.Temur mahallasida 21/7, Zargarlik mahallasida 23/6, Turon mahallasida 21/1 kredit mablagʻlari bilan taʼminlanganligi achinarli holdir. 3,1 toifa: boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlar va 4,1 toifa: 1-2-guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni uy-joylarini taʼmirlash boʻyicha ishlarda ham kamchiliklar mavjud. Jami 156 nafar shu toifaga mansub xotin-qizlardan atigi 14 nafarining uy-joylari taʼmiri uchun mablagʻ ajratilganligi tashvishli holdir.

Yuqoridagi holatlarni eʼtiborga olgan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan xotin-qizlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ushbu qarorning ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida qaror ijrosiga masʼul boʻlgan tashkilot rahbarlarining masʼuliyatlarini tegishlicha oshirish maqsadida xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi navbatdagi sessiyasiga kiritildi va sessiyada qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosini toʻlaqonli bajarishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirish shu maqsadda: Jizzax shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga: 1-toifa, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl kuygan Ittifoq, Nurliobod,Obod va Zargarlik mahalla fuqarolar bilan tizimli ish olib borish va mavjud kamchiliklarga barham berib, natijadorlikka erishish, mahallalardagi hokim yordamchilari va mahallalarga biriktirilgan Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankа  II toifa; imtiyozli kredit ajratilishida past natija koʻrsatganligi bois Bobur, Bunyodkor, Doʻstlik, Qaliya, Obod, Sayxan, X.Olimjon, Zilol, Olmazor, Uchariq, A.Temur, Zargarlik, Turon mahalla fuqaro yigʻinlari bilan hamkorlikda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻrish vazifalari yuklatildi

Xususan, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar hisoblanadi.

Jahongir Olimov,

O‘zXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish